19:30 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Hodisalar
Havola olish
1341 0 0

Taniqli dizayner Nariman Grigoryan oʻlimiga doir yangi tafsilotlar paydo boʻldi – bu Instagram’dagi sirli post.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Taniqli dizayner Nariman Grigoryan oʻlimiga doir yangi tafsilot paydo boʻldi: Repost.uz nashri yozishicha, Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval oʻldirib ketilgan.

"Nariman 2020 yil 11 yanvarda oʻldirilgan boʻlsa, biroq Grigoryanning Instagramdagi rasmiy sahifasida 12 yanvar kuni post eʼlon qilingan", – deyiladi xabarda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Nariman Grigoryan (@nariman_grigoryan_official)

Post ostida "Voskresnaya kinoshka" deb yozilgan. Ehtimol, Instagram sahifasini uning menejeri yuritgan, post qoʻyilganda, u dizayner oʻlganligini bilmagan.

2020 yil 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tugʻilgan A.N. (Nariman Grigoryan) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Nariman Grigoryan - xoreograf, dizayner va modelyer, "Nariman Grigoryan" brendining asoschisi. U 2004 -2008 yillarda Oʻzbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan.

Grigoryan xalqaro raqs tanlovlarida Oʻzbekistondan yagona hakam sifatida ishtirok etib kelardi.

Asosiy mavzular