10:05 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
548 0 0

Qayd etilishicha, portlash taʼmirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida roʻy bergan.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash oqibatida bir kishi qurbon boʻldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hodisa bugun, 16 yanvar kuni Zarbdor tumani Yangihayot mahallasidagi “Gaz manbai” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida yuz bergan.

Qayd etilishicha, portlash taʼmirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida roʻy bergan.

“Natijada mazkur MCHJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli SH.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.

Asosiy mavzular