20:46 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Hodisalar
Havola olish
58210

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ish oʻrganuvchilarni jinoyat sodir boʻlgan voqea joyiga olib chiqib oʻqitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik joylashtirildi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi internetda tarqalgan videorolik yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, “Instagram”, “Facebook” tarmoqlari hamda “Telegram” kanallariga joylashtirilgan ish oʻrganuvchilarni jinoyat sodir boʻlgan voqea joyiga olib chiqib oʻqitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan boʻlib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4 ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.

“Shu sababli, Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini koʻrdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr soʻraydi”, - deb qoʻshimcha qilingan bayonotda.

Asosiy mavzular