15:01 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
862 0 0

Namangan viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari Manzuraxon Azizova yoʻl-transporti hodisasi natijasida vafot etdi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Namangan viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari Manzuraxon Azizova yoʻl-transporti hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, halokat 2020 yilning 14 yanvar kuni yuz bergan.

Manzuraxon Azizova 40 yillardan buyon Namangan viloyatida turli katta-kichik lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

2008 yilda Uchqoʻrgʻon tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 2009-2015 yillarda Namangan viloyat hokimi oʻrinbosari - Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlab, viloyat ayollari hayotining yaxshilanishiga, tizimning rivojlanishiga oʻzining munosi hissasini qoʻshib kelgan.

Shuningdek, 2017 yildan buyon Uchqoʻrgʻon tumanidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan boʻlgan.

“Manzuraxon Azizova mohir shifokor, tajribali rahbar sifatida yuzlab shogirdlarni tarbiyaladi. Ishlaganda ham bor salohiyatini safarbar etib, oʻta fidoiylik bilan ishlay oldi. Odamlarga ochiq yuz va xushmuomalada boʻldi”-deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.

Asosiy mavzular