Navoiyda 4-qavatli savdo majmuasi yonib ketdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSotrudniki pojarno-spasatelnix podrazdeleniy MChS
Sotrudniki pojarno-spasatelnix podrazdeleniy MChS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy shahridagi savdo markazida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 6ta kiyim-kechak do‘koni yonib ketdi, odamlar orasida jabrlanganlar yo‘q.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Kecha 16-yanvar kechqurun Navoiy shahrida joylashgan 4 qavatli savdo majmuasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati.

"16 yanvar kuni soat taxminan 21:15da Navoiy shahridagi 4 qavatdan iborat bo‘lgan Navoiy savdo kompleksining 4-qavatida yong‘in kelib chiqqan. Natijada 150 kv.m. bo‘lgan 6 ta kiyim-kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz xolga kelgan, 14 ta savdo do‘koni esa zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q", - deyilgan xabarda. 

Ayni damda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0