Saratovda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi

Obuna bo‘lish
Kecha Saratovdagi YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi, uch kishi shifoxonaga joylashtirilgan.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Saratov hududida ichida sakkiz nafar yo‘lovchi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, 2020-yilning 16-yanvar kuni Saratov viloyati hududidagi Nijniy Novgorod —Arzamas — Saransk — Issa — Penza — Saratov trassasida ichida 8 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Hyundai mikroavtobusi "Volga" avtomobili bilan to‘qnashgan. 

YTH oqibatida "Volga" avtomobili haydovchisi hamda mikroavtobus ichida bo‘lgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilardan ikki nafari voqea joyida vafot etgan. Uch nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ayni damda Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0