00:40 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
482 0 0

Fuqaro Uchtepa tumanida yashovchi oʻgay otasining uyiga mehmon boʻlib keladi. Mehmon spirtli ichimliklar bilan siylanadi. Natijada ichkilikbozlik bir shaxsning pichoqlanishi bilan yakunlanadi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Toshkentda otasiga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazgan oʻgay oʻgʻilga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, hodisa 1 yanvar kuni sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 32 yoshli O.R. Uchtepa tumanida yashovchi oʻgay otasi 52 yoshli V.Z.ning uyiga mehmon boʻlib keladi. Ular spirtli ichimliklar ichib oʻtirishganda oralarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Janjal vaqtida fuqaro oshxona pichogʻi bilan oʻgay otasiga tan jarohatlari yetkazadi. Jarblangan V.Z. shifoxona olib borilgan.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“ Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular