07:02 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
1200 0 0

Xonadondan chiqib ketayotgan vaqtida jinoyat ishlarini yashirish maqsadida xonadon va Narimon Grigoryanning murdasiga oʻzi bilan olib kelgan benzin yoqilgʻisini sepib, oʻt qoʻygan

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi taniqli dizayner Nariman Grigoryan qotilligi tafsilotlarini ochiqladi. Maʼlum boʻlishicha, Grigoryan avval pichoqlangan va soʻngra yoqib yuborilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 14 yanvar kuni soat 12:05 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, shu tumanda joylashgan xonadonning mehmonxonasidan 1985 yilda tugʻilgan Nariman Grigoryan(Nariman Alimdjanov)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur qotillik jinoyati 1996 yilda tugʻilgan A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Ayblanuvchi soʻroq davomida Nariman Grigoryanni qasddan oʻldirganini tan olgan.

Ayblanuvchi dizaynerning pul mablagʻlariga egalik qilish maqsadida 13 yanvar kuni 1 litr hajmdagi baklashkada benzin va pichoq bilan qurollanib, Grigoryanning uyiga borgan. Soʻng uni qasddan oʻldirib, xonadonda boʻlgan 625 AQSH dollari, 2 dona "Iphone" telefoni, 1 dona elektron sigareta chekish moslamasi, 1 dona "Airpods" naushnigi, "Captiva" rusumli avtomashina kalitini oʻzi bilan olib ketgan.

Xonadondan chiqib ketayotgan vaqtida jinoyat ishlarini yashirish maqsadida xonadon va Narimon Grigoryanning murdasiga oʻzi bilan olib kelgan benzin yoqilgʻisini sepib, oʻt qoʻygan.

Soʻng, mazkur xonadonga kirish eshigini qulflab chiqib ketgan.

Soʻroq davomida u telefonlar, avtomashina kaliti va 2 ta pichoqlarni "Qorasu" kanaliga tashlab yuborganligini, 225 AQSH dollarini soʻmga ayirboshlab, bir qismini oʻzining ehtiyojlariga sarflab yuborganligini iqrorlik bildirgan.

Jinoyat ishi boʻyicha hodisa joyi koʻzdan kechirilib, «Chigil» koʻchasidan oqib oʻtuvchi "Qorasu" kanalidan 2 dona pichoq, A.A.ning yonidan 400 AQSH dollari va 1 million 60 ming soʻm pul mablagʻlari, 1 dona "IQOS" elektron sigareta chekish moslamasi va 1 dona "Airpods" quloqchini (naushnik)lar ashyoviy dalil tariqasida olingan.    

Dastlabki tergov harakatlari davomida sud tibbiy va daktiloskopiya ekspertizalari tayinlanib, ayblanuvchi A.A.ning koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tergov harakatlari oʻtkazilib, 17 yanvar kuni A.A.ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular