07:07 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
534 0 0

Tomskda yongʻinda 11 kishi qurbon boʻldi, dastlabki maʼlumotlarga koʻra ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Tomsk viloyati Asinov tumanida 21 yanvar kuni boʻlib oʻtgan mudhish yongʻin oqibatida 11 kishi qurbon boʻldi deb xabar qilmoq da RIA Novosti, Rossiya FVV matbuot xizmatiga asosan. 

"Tomsk viloyati, Asinov tumanining Prichulimskiy posyolkasida dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi yongʻin sodir boʻldi. Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganda bino butunlay olov ichida qolgan edi. Bino ichida boʻlganlardan 3 kishi tashqariga chiqishga ulgurgan. Moskva vaqti bilan soat 7:03da 11 qurbonning jasadi topildi," - deyilgan xabarda. 

Yongʻin umumiy maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan. Uni oʻchirishda 19 kishi va 6ta texnika ishtirok etgan. Tomsk FVV xizmatining maʼlumotlariga koʻra, kuyib ketgan bino yotoqxona boʻlgan, unda "Grinvud " MCHJ yogʻoch tayyorlov kompaniyasining 12 xodimi yashagan.

FVV dastlabki xabarlarga koʻra, qurbon boʻlganlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlishi mumkin. 

Tomsk viloyati gubernatori Sergey Jvachkin ushbu favqulodda holat yuzasidan tashkil qilingan tezkor shtabga shaxsan boshchilik qilmoqda.

Soʻnggi damda olingan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok boʻlganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Asosiy mavzular