00:48 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
1749 0 0

Joriy yil 9 yanvar kuni kechki soat 20:00 larda yuziga niqob taqqan, oshxona pichogʻi va maxsus yasalgan tayoq bilan qurollangan nomaʼlum shaxslar uchta dorixonaga hujum uyushtirdi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Bir guruh niqobli shaxslar tomonidan Toshkent shahridagi uchta dorixonaga hujum uyushtirilganligi aytilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati maʼlum qildi.

Hodisa joriy yilning 9 yanvar kuni kechki soat 20:00 larda sodir boʻlgan. Yuzlariga niqob taqqan, oshxona pichogʻi va maxsus yasalgan tayoq bilan qurollangan nomaʼlum shaxslar shahardagi uchta dorixonalarga hujum uyushtirgan. 102 raqamiga qilingan murojaat asosida voqea joyiga yetib kelgan IIBB xodimlari tomonidan ushbu shaxslar qoʻlga olingan.

Qoʻlga olingan shaxslar sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan soʻroq qilinganda, ushbu uch dorixonalarda psixotrop dori vositalari sotilib kelinganligi, bunga chek qoʻyish maqsadida shu ishni qilganliklarini maʼlum qilishgan.

Ammo jinoyatga qarshi kurashgan jinoyatchilarning dorixona kassalaridan olgan 12 mln soʻmlik pul mablagʻlari, dorixona xodimlariga tegishli boʻlgan “Iphon+7” hamda “Samsung S-9” rusumli telefon apparatlarini talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanliklari ular bergan koʻrsatmaga mutlaqo zid.

Bundan tashqari ushbu shaxslarning dorixona xodimlariga kuch ishlatib, ularning hayoti va sogʻligi uchun zarar boʻlgan jismlar bilan tan jarohati yetkazganliklari aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 164-moddasi, 2-qismi a,b, bandlari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Shahar dorixonalarida esa koʻrsatma berilganidek psixotrop moddalari sotilganligi holati boʻyicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular