01:04 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
756 0 0

Is gazidan bolalarning onasi ham jabrlangan, u ayni vaqtda mahalliy kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan.

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatida uch aka-uka is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi, ularning onasi kasalxonada reanimatsiyada yotibdi, deb xabar qildi RIA Novosti Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, 25 yanvar kuni tonggi 5.10da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi xonadonlarning birida tez tibbiy yordam brigadasi 8, 12 va 14 yoshda boʻlgan uch aka-uka oʻlimini qayd etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bolalarning oʻlimiga uyqu vaqtida is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan.

Is gazidan bolalarning onasi ham jabrlangan, u ayni vaqtda mahalliy kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan.

Asosiy mavzular