00:18 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
398 0 0

Turkiyaning Malatya va Elyazigʻ sharqiy provintsiyalarida halokatli zilzila sodir boʻldi. Buning oqibatida oʻnlab kishilar halok boʻldi.

TOSHKENT, 26 yanv - Sputnik. Turkiyadagi kuchli zilzila oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlmagan va jabrlanmagan. Bu haqda TIV mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasi bergan maʼlumotga asoslanib xabar qildi.

“2020 yilning 24 yanvar kuni Turkiyaning sharqida sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida vafot etgan va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, vaziyat elchixona va Istanbul shahridagi bosh konsulxona nazorati ostida.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya hududida boʻlib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular