10:29 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
489 0 0

Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi. Hozirda oʻzbekistonliklar ishlagan kompaniya direktori qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Tomskdagi yongʻinda halok boʻlgan 10 nafar oʻzbekistonlikning jasadi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda TIV mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi maʼlumotiga asoslanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 26 yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yogʻochli uy yonishi natijasida halok boʻlgan 10 nafar Oʻzbekiston fuqarolari jasadlari Toshkent shahriga yetkazilgan.

“Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi”,  - deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston fuqarolari ishlagan “Grinvud” MCHJ oʻrmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qoʻlgan olingan.

Asosiy mavzular