19:15 28 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Hodisalar
Havola olish
206412

26 yoshli fuqaro oʻz uyida 70 ming soʻm evaziga boshqa bir fuqaro bilan jinsiy aloqada boʻlgan vaqtda ushlangan. IIB xodimi tegishli maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtirgan. Shunda fuqaro ishni sudga yubormaslik va ijobiy hal qilib berish uchun pora taklif qilgan.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Sirdaryoda muqaddam bir necha marta fohishalik bilan shugʻullangani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan fuqaro IIB xodimiga pora berishga urindi.

IIV matbuot xizmati xabariga koʻra,  Sirdaryo viloyati IIB xodimi rahbariyat nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Unda 19 yanvar kuni fuqaro D.B.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tadbir davomida fuqaro YU.K. oʻz yashash xonadonida 70 000 soʻm pul evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada boʻlgan vaqtda ushlaganligi va pullar daliliy ashyo sifatida olinib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgani bayon etilgan.

Taʼkidlanishicha, fuqaro YU.K. xodimga maʼmuriy materialni koʻrib chiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga pora taklif qilgan. Shuning uchun IIB xodimi fuqaro YU.K.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

22 yanvar kuni qator idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 26 yoshli gulistonlik fuqaro YU.K. bildirgi yozgan xodimning xizmat xonasida 400 000 soʻm pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyo bilan qoʻlga olingan.

Aniqlik kiritilishicha, qoʻlga olingan ayol muqaddam sudlanib, amnistiyaga asosan javobgarlikdan ozod etilgan. Bundan tashqari, u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining fohishalik bilan shugʻullanish moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlgan. U bu huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan boʻlgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular