05:31 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
1016 0 0

Jizzaxlik 19 yoshli qizning uchrashib yurgan yigiti shaxsiy suratlarini yashirincha telefoniga koʻchirib olgan. Soʻngra ularni internetda tarqatish bilan qoʻrqitib, qizdan 10 ming dollar talab qilgan.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Jizzaxda sevgan qiziga nisbatan tovlamachilik sodir etgan yigit jinoyat ustida qoʻlga olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi 19 yoshli qiz Jizzax viloyat IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U oʻz arizasida oʻzaro tanishib yuradigan 22 yoshli yigiti telefonidan sezdirmasdan shaxsiy suratlarini yashirincha koʻchirib olgani va ularni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan tahdid qilayotganini bayon qilgan.

V Djizaxe molodoy chelovek, vыmogavshiy dengi, zaderjan s polichnыm.
Jizzaxda sevgan qiziga nisbatan tovlamachilik sodir etgan yigit jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Qizning soʻzlariga koʻra, yigit suratlarni tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan. Shuning uchun qiz yigitiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda B.B. 25 mln soʻmni olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular