Paxtachida toshdan oltin ajratib olish sexi fosh etildi

© GoldruDobicha zolota
Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Paxtachida, issiqxona ichida yashiringan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan toshlarni maydalab ichidan oltin ajratib olish sexi fosh etildi.

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida qo‘lbola uslubda toshdan oltin moddasi ajratib olish sexi faoliyati oshkor qilindi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ikki yilda oltin va kumush qazib olish 300 tonnaga yetkaziladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Paxtachi tuman Sohilbo‘yi ko‘chasidagi Issiqxona ichida yashirin sex borligi aniqlangan. Ushbu sexda bir guruh fuqarolar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ tizmasidagi maxsus hududdan yashirin ravishda tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xom ashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kovlab olib undan qo‘lbola uslubda oltin ajratish bilan shug‘ullanib kelishgani aniqlangan. 

Tekshiruv jarayonida ulardan 445 kg. tog‘ toshlari, 666 kg. qum hamda tog‘ jinslarini bo‘laklash va maydalashga mo‘ljallangan qo‘lbola usulda yasalgan tegirmon va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Izyatie  GTK RUz yuvelirnie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida “oltin” serviz olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi

Ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan qum va toshlarning tarkibida ma’lum miqdorda oltin moddasi mavjudligi aniqlanib, ularning umumiy qiymati 12,2 mln. so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 1-martidan boshlab O‘zbekistonda xususiy tartibda qimmatbaho metallar qazib olish qonuniylashtirilgan edi. Prezidentning 26.11.2018 yilda imzolangan qaroriga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslar maxsus ajratilgan hududlarda 1 gektargacha bo‘lgan yerlarni ijaraga olib u yerda qimmatbaho metallar qazib olish ishlari bilan qonuniy shug‘ullanishlari mumkin.  

 

Yangiliklar lentasi
0