Chirchiq darosidan uch nafar ovchi qutqarildi

Obuna bo‘lish
Chirchiq darosida qayiq temir trosga o‘ralib qolish oqibatida fuqarolar 2 soat davomida daroda qolib ketgan.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, Chirchiq darosidan 3 nafar fuqaro qutqarildi. 

V Tashkente obrushilas chast stroyasheysya linii metro - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod metro qurilishida yuz bergan fojianing asl sababi ma’lum bo‘ldi

Chirchiq darosida qayiq temir trosga o‘ralib qolish oqibatida fuqarolar 2 soat davomida daroda qolib ketgan. Hodisa 31-yanvar kuni Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq darosida sodir bo‘lgan.

Motor qayiqda ov qilish maqsadida 3 nafar fuqaro daroga tushgan. Qirg‘oqdan 400 metrga uzoqlashganda qayiq daryo qumini chiqarib olish texnologiyasi (Zemsnarad)ni ushlab turuvchi temir trosga o‘ralib qolgan. 

Voqea yuzasidan Chinoz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi  yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida fuqarolar sog‘-salomat qutqarib olingan.

Yangiliklar lentasi
0