Toshkentda YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX inspektori fuqarodan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” mashinasini chiqarib berish uchun tamagirlik bilan 220 ming so‘m pora talab qilgan.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi.  Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Marixuana bilan qo‘lga tushgan erkak IIO xodimiga 10 ming $ pora berishga urindi

Qayd etilishicha, 6-fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. fuqaro U.A.dan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” mashinasini chiqarib berish maqsadida tamagirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0