10:14 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
804 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchining ehtiyotsizligi bilan oʻquvchining tirnogʻi uzilib tushganligi aks etgan fotosuratlar tarqaldi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Bir oz avval ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchining ehtiyotsizligi bilan oʻquvchining tirnogʻi uzilib tushganligi aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Xalq taʼlimi vazirligi xabariga asosan.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan suratlar boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, holat joriy yilning 21 yanvar kuni Samarqandda sodir boʻlgan.

16-umumtaʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi hamda ayni paytda maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari K.U. 8-“G” sinfda dars mashgʻuloti oʻtayotgan boʻlgan.

Oʻquvchilar D.SH. va E.SH.lar oʻzaro tortishib, oʻqituvchi  ularni tinchlantirishga uringan va E.SH.ni sinfxonadan tashqariga chiqargan.

Ularning ortidan D.SH. ham ergashib, sinfxonadan chiqmoqchi boʻlganida oʻqituvchi K.U. oʻquvchidan sinfdan chiqmaslikni talab qilgan va jahl ustida eshikni qattiq yopgan. Natijada eshikdan qoʻlini olib ulgurmagan oʻquvchi D.SH.ning oʻng qoʻl oʻrta va nomsiz barmoqlari qattiq shikastlangan.

Shu paytning oʻzida oʻqituvchi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.B.oʻquvchini shifoxonaga olib borgan va uning onasiga xabar bergan.

Ammo sodir boʻlgan holat yuzasidan maktab rahbariyati 21 yanvar va undan keyingi kunlar davomida shahar xalq taʼlimi boʻlimiga ham, huquq-tartibot organlariga ham xabar bermagan.

Oʻqituvchi oʻquvchining olgan jarohatlarini davolash xarajatlari va uning yaqinlari koʻrgan zararni qoplashga vaʼda bergan. 3-4 kun davomida xarajatlarni toʻlab, oʻquvchining uyiga oziq-ovqat mahsulotlarini olib borib turgan. Biroq keyinchalik oilaviy ahvoli tufayli yordam bera olmagan.

Hodisa yuzasidan XTV tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, jabrlanuvchining onasi bilan suhbatlashilgan, oziq-ovqat va  moddiy yordam berilgan.

Oʻqituvchi esa keyingi xarajatlarni ham toʻlashni oʻz zimmasiga olgan. Ayni damda oʻquvchining ahvoli yaxshilanmoqda.

Lekin  oʻquvchi bilan munosabatlarda ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻygan oʻqituvchiga shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri buyrugʻi va Mehnat Kodeksining 181-moddasiga muvofiq, “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular