20:19 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
567 0 0

Parkent tumanida tunda ishdan qaytayotgan ayol va 22 yoshli yigit oʻrtasida ogʻzaki tortishuv boʻlgan. Janjal vaqtida ayol yonidagi pichoqni yigitning koʻkragiga sanchgan.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumanida ayol bir yigitni pichoqlab qoʻydi.

Tergov departamenti xabariga koʻra, 04 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.SH. ishdan qaytayotgan boʻlgan. Koʻcha boshida unga notanish boʻlgan 22 yoshli A.T. bilan oʻrtalarida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ayol janjal vaqtida  yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.ning chap tomon koʻkrak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

A.T. esa shifoxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.SH.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular