Qozonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik “milliarder” qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMashina politsii
Mashina politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Viktor Kim Qozonda qo‘lga olindi. U Toshkentda og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. Yetkazilgan zarar 2,5 million dollarni tashkil etadi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Viktor Kim Qozonda qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar qilmoqda.

“O‘zbekistonda u 162 milliard rubl ekvivalenti miqdorida yetkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bugun, 11-fevral kuni sud prokurorning 2019-yil oktabr oyida hibsga olingan 32 yoshli Viktor Kimga qamoqda saqlash muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqadi.

© Glavnoe upravlenie vnutrennix del TashkentaViktor Kim
Qozonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik “milliarder” qo‘lga olindi  - Sputnik O‘zbekiston
Viktor Kim

Qayd etilishicha, Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 2016-yil may oyida e’lon qilingan. U firibgarlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va jinoiy daromadni legallashtirish, shuningdek, savdo qoidalarini buzish hamda qalbaki shtamplar tayyorlashda ayblanmoqda.

Xabarda og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblayotgan xorijlikni berish so‘rovi Rossiya Bosh prokuraturasiga kelib tushgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0