09:40 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
278 0 0

Fuqaro 3 dona Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kiyik (Xongul, Buxoro bugʻisi) shoxlarini qoʻshni davlatga olib chiqmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Xongul, Buxoro bugʻisi shoxlarini qoʻshni davlatga olib chiqayotgan fuqaro ushlandi. 

Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabariga koʻra, fuqaro Surxondaryo viloyatidagi “Bobotogʻ” chegara bojxona punktida tekshiruvidan oʻtkazilgan.

Natijada unga tegishli boʻlgan sumka ichidan tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan, deklaratsiyalanmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan 3 dona Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kiyik (Xongul, Buxoro bugʻisi) shoxlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga koʻra, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kollektsiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular