10:15 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
403 0 0

Sobiq hisobchi maktabda umuman ishlamagan 11 nafar fuqarolar nomiga bank plastik kartalarini ochib, ularga pul mablagʻlarini oʻtkazgan.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Termiz shahrida maktabning byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilgan sobiq hisobchi ushlandi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining maʼlum qilishicha, idoraning Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahridagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2018-2019 yillarda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini oʻrgangan.

Aniqlanishicha, Termiz shahar xalq taʼlimi boʻlimi sobiq hisobchisi N.SH. maktabda umuman ishlamagan 11 nafar fuqarolar nomiga  bank plastik kartalarini ochib, ularga pul mablagʻlarini oʻtkazgan.

Toʻlov qaydnomalariga esa soxta imzolar qoʻyish orqali jami 451,2 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirgan.

Shuningdek, tekshiruv davomida N.SH.dan 100 mln. soʻm pul mablagʻlari ixtiyoriy ravishda undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular