09:54 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
623 0 0

Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan toʻrtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudi sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan toʻrtinchi ochiq sud jarayonini yakunladi va hukm eʼlon qildi.

“Daryo” nashri xabariga koʻra, Ahmadjon Tursunboyev Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchiga Oʻzbekiston JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 28 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qoʻshib, uzil-kesil oʻtash uchun  14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilindi.

Tursunboyevga tayinlangan qamoq jazosining oʻtalmagan muddati, Senatning 2016 yil 12 oktyabrdagi amnistiya toʻgʻrisidagi qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan toʻrtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlandi. Jazoni oʻtash muddati 2016 yil 16 iyundan boshlab hisoblanadi.

Ahmadjon Tursunboyevga qoʻllanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi oʻzgarishsiz qoldirildi.

Asosiy mavzular