10:43 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
469 0 0

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Marhumaning jasadini turmush oʻrtogʻi hamrohligida vatanga joʻnatish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Chelyabinsk viloyatidagi yoʻl-transport hodisasida Oʻzbekiston fuqarosi qurbon boʻldi.

TIV matbuot xizmatining mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi maʼlumotga tayanib xabar qilishicha, 7 fevral kuni Chelyabinsk viloyati hududida yoʻlda YTH sodir boʻlgan. Unda 3 kishi, jumladan Oʻzbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. Oʻzbekiston fuqarolari M.N. va A.R. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa oʻrnatgan.

Shuningdek, marhumaning jasadini turmush oʻrtogʻi hamrohligida vatanga joʻnatish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Asosiy mavzular