21:22 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
501 0 0

Samara-Chimkent yoʻnalishida noqulay ob-havo sharoiti tufayli buzilib qolgan avtobus ichida 20 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan. Pavlodar viloyatida ham ichida 19 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilar boʻlgan mikroavtobus buzilib qolgan.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Joriy yilning 11 fevral kuni Samara-Chimkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan va yoʻlovchilari orasida 20 nafar Oʻzbekistonlik fuqarosi boʻlgan avtobus Aqtobe viloyati hududida buzilib qolgan.

TIV xabariga koʻra, nosozlikning kelib chiqishiga sovuq ob-havo sharoitida avtobus yonilgʻisining muzlab qolganligi sabab boʻlgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, joriy yilning 12-fevral kuni Qizil-Oʻrda-Pavlodar trassasida, Pavlodar viloyati hududida ichida 19 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilar boʻlgan mikroavtobus buzilib, toʻxtab qolgan. Ushbu holatda ham hech kim jabr koʻrmagan.

Qozogʻiston yoʻl politsiyasi va favqulodda vaziyatlar organlari xodimlarining tezkor yordami bilan transort vositalari  taʼmirlanib, oʻz yoʻnalishda davom etgan.

TIV Oʻzbekiston fuqarolarini qishda avtomobil transportining boshqa turlari orqali Qozogʻistonga kirish yoki uning hududidan oʻtishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralarni koʻrishga chaqirgan.

Asosiy mavzular