Boyovutda xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etganlarga jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishPetushinie boi
Petushinie boi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular o‘yinga fuqarolarni jalb qilgan holda o‘yinga kirish uchun har bir kishidan ma’lum miqdorda pul yig‘ib olishgan. Shuningdek, “Milliy o‘yinlar tashkillashtirish” guvohnomasi soxtalashtirilgan.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qimorxona tashkil etgan fuqarolarning
faoliyatiga chek qo‘yildi.

Pitbul - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida it urishtiruvchi hibsga olindi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tezkor tadbirda fuqaro M.M. va boshqalar Boyovut tumanidagi eski traktor parki binosida qonunga xilof ravishda qimor  va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etishgani aniqlangan.

Ular o‘yinga fuqarolarni jalb qilgan holda o‘yinga kirish uchun har bir kishidan ma’lum miqdorda pul yig‘ib olishgan.

Shuningdek, fuqaro “Milliy o‘yinlar tashkillashtirish” deb ko‘rsatilgan guvohnomani soxtalashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0