10:09 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
691 0 0

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili qamoqqa olindi” mavzusida xabarlar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Davlat bojxona qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Samarqandda bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili qamoqqa olindi” mavzusida xabar yuzasidan bayonot berdi.

Xususan, 2018 yil yanvar oyida sobiq bojxona xodimi S.SH.Z. Samarqand shahrida joylashgan “Temir Servis Plyus” MCHJga qarashli TIR parkiga borib, u yerda respublika hududidan tranzit ravishda oʻtib ketishi kerak boʻlgan va bojxona nazorati ostida turgan yuk avtotransport vositasini goʻyoki tezkor tadbir oʻtkazish maqsadida olib chiqib ketmoqchi boʻlganligi holati aynan Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan olib borilgan ichki tezkor tekshiruv harakatlari natijasida aniqlangan va mazkur holat boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi sobiq xodimi S.SH.Z. oʻz xatti-harakatlari bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganligi uchun bojxona organlaridan boʻshatilgan.

Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan sobiq bojxona xodimi S.SH.Z.ning bojxona tizimidan boʻshatilgandan keyingi harakatlari ustidan olib borilgan qoʻshimcha tezkor kuzatuv tadbirlar natijasiga koʻra Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2019 yil 8 fevral kuni Jinoyat kodeksining 182 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va toʻplangan ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borishlik uchun DXX Tergov boshqarmasiga yuborilgan. 

Mazkur jinoyat ishi doirasida fuqaro S.SH.Z.ga nisbatan 2019 yil 11 fevral kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirgi kunda fuqaro S.SH.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 182 va 211-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular