10:16 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
1237 0 0

Ikki kun avval, 12 fevral kuni Moskva “Park Pobedы” metro stantsiyasining yer osti oʻtish joyida nomaʼlum shaxs tomonidan chaqaloq tashlab ketildi.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Moskva huquq tartibot organ xodimlari 12 fevral kuni metro stantsiyasida bolani tashlab ketgan ayolni topdi, deb xabar qildi RIA Novosti Tergov qoʻmitasiga asosan.

Xabarda aytilishicha, 12 fevral kuni Moskva “Park Pobedы” metro stantsiyasining yer osti oʻtish joyida nomaʼlum ayol tomonidan chaqaloq tashlab ketildi. Kuni kecha Moskva politsiyasi xodimlari ayolni topishdi.

Xavf ostida qoldirish moddasi boʻyicha ish ochilgan. Shifokorlar chaqaloqni dastlabki koʻrikdan oʻtkazishdi va hech qanday kasallik alomatlarini aniqlashmadi.

Tergovchilar tarjimon ishtirokida ayolni soʻroq qilishdi. 

“Soʻrov vaqtida ayol aybini toʻliq tan oldi va moliyaviy qiyinchilik tufayli shunday qilishga qaror qilganini aytdi. Bugun tergovchi sud oldida unga nisbatan "hibsga olish" haqidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yuzasidan soʻrovnoma kiritadi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular