Qo‘qonda otishmadan so‘ng 25 kishi qo‘lga olindi

© UVD Ferganskoy oblastiOrujie, izyatoe u zaderjannix v Kokande xuliganov
Orujie, izyatoe u zaderjannix v Kokande xuliganov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miltiqdan sochma o‘q bilan 3 kishiga jarohat yetkazgan fuqaro va uning do‘stlari ehtiyot chorasida sifatida vaqtincha qamoqqa olingan.

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Qo‘qonda fevral boshida sodir etgan jinoyatda gumonlanayotgan 25 kishidan iborat guruh qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Farg‘ona IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 05-fevral kechasi Qo‘qon shahrida joylashgan choyxonalardan birida kelib chiqqan janjal oqibatida 3 nafar fuqarolar sochma o‘qdan olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. IIV tekshiruv natijasida jarohatlar 27 yoshli fuqaro Z.M. tomonidan ro‘yxatdan o‘tmagan "IJ-18" rusumli qirqma miltig‘i bilan yetkazilganligi aniqlangan.

© UVD Ferganskoy oblastiXolodnoe orujie, izyatoe v Kokande
Qo‘qonda otishmadan so‘ng 25 kishi qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Xolodnoe orujie, izyatoe v Kokande

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddalari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxslarga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra Ichki ishlar boshqarmasi,  Davlat havfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14-fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan   “Tong” tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan "ma’muriy qamoq" qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

© UVD Ferganskoy oblastiXolodnoe orujie, izyatoe u prestupnikov
Qo‘qonda otishmadan so‘ng 25 kishi qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Xolodnoe orujie, izyatoe u prestupnikov
Yangiliklar lentasi
0