09:41 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
1493 0 0

Oltinsoy tuman prokurori tumanda sodir boʻlgan aholi va IIV xodimlari oʻrtasidagi mojaro tafsilotlarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oltinsoy tuman prokurori tumanda sodir boʻlgan aholi va IIV xodimlari oʻrtasidagi mojaro yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, tegishli farmon va topshiriqlar ijrosi yuzasidan olib borilgan monitoring jarayonida tumanning 1-sektoriga tegishli boʻlgan “Xalqobod” mahallasidagi “Oq-oltin manzarasi” nomli fermer xoʻjaligiga qarashli qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suvli yer maydonining 496-dala konturidagi paxta va gʻallaga moʻljallangan yer maydonidan shu mahallada yashovchi fuqarolar M.B. 0.05 gektar, M.D. 0.05 gektar, N.F. 0.05 gektar, M.S. 0.05 gektar, S.M. 0.07 gektar va S.A. 0.12 gektar jami 0.39 gektar oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda yer maydonini egallab olgan va sunʼiy ravishda yashash imkoniyati mavjud boʻlmagan uy-joylarini qurib olgan.

Ushbu holat boʻyicha 8 fevral kuni Oltinsoy tuman hokimining farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari u yerga borishgan. Ushbu hududda oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilish qilgan shaxslarga qurilgan uylari noqonuniy qurilganligini ushbu yer maydoni fermer xoʻjaligi tasarrufida ekanligi aytishgan. Fuqarolarning oʻz hisoblaridan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun yer berishligini tushuntirishgan.

Shundan soʻng, ishchi guruh tomonidan noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga oʻzlari hisobidan buzib olishlari uchun 2 kun muddat berilgan.

14 fevral kuni ishchi guruh aʼzolari tuman prokurori T.B.Berdimurotov, tuman IIB boshligʻi A.Z.Mirzayev, tuman hokimi oʻrinbosarlari B.Xudoyqulov, M.Ochildiyev va boshqalar yuqorida koʻrsatilgan manzilga borib koʻrilganida, fuqarolar M. B., M. D. va N. F. oʻzboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati mavjud boʻlmagan boʻlsada, koʻchib kirib olganligi aniqlangan.

Ishchi guruh noqonuiy qurilgan uy-joylarni buzib olishlarini tushuntirganda, avvaldan toʻplanib turgan yuqorida keltirilgan va ularning yaqin qarindoshlari hokimiyat vakili va IIB xodimlariga noqonuniy qurilgan uylarni buzmasliklari uchun, ular qoʻllarida boʻlgan benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qarshilik koʻrsatishgan. Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati boʻlmaganligi sababli ishchi guruh aʼzolari ortlariga qaytib ketishgan.

Shu kuni soat 15:00 larda ishchi guruh oʻsha manzilga borganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qoʻllarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan.

Jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan. Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qoʻllaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Noqonuniy ravishda qurilgan uy-joylar ishchi guruh tomonidan buzilmagan.

Mojaroda tuman IIB JTSG konvoy xizmati guruhi safdor-xodimi safdor M.SH, tuman IIB HPB IIO tayanch punktlari profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi J.A. hamda fuqaro M.I. tan jarohati olishgan.

Qayd etilishicha, xodim M.S. 6 kundan koʻp 21 kundan kam boʻlmagan vaqtda mehnat qobilyatini yoʻqotish mezoniga koʻra, sogʻligʻini buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohati, J.A. esa sogʻligʻini buzilishiga sababchi boʻlmagan yengil tan jarohati olgan. 

Fuqaro M.I. Termiz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimida davolanayotganligi aniqlangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryoning Oltinsoy tumanida aholi va IIB xodimlari oʻrtasida mojaro sodir boʻlgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular