08:55 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
72901

63 yoshli erkak mast boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Jabrlanuvchini oʻz vaqtida suvdan chiqarib olishga ulgurishgan.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik bir ayolni daryoga itarib yubordi, soʻngra uni qutqaraman deb choʻkib ketdi. Bu haqda RIA Novosti shahar FVV BB maʼlumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hodisa tunda  Admiralteyskiy tumanidagi Fontanka daryosi sohilida roʻy bergan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 63 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi ayolni toʻsiqdan oshirib otib yuborgan. Erkak mast holatda boʻlganligi taxmin qilinmoqda.

Bir payt u nima ish qilib qoʻyganini anglagan va choʻkib borayotgan ayolga turli vositalar bilan yordam berishga uringan. Soʻngra oʻzi ham suvga sakragan.

Ayolni FVV yetib kelgunga qadar suvdan olib chiqishgan. U Mariinsk kasalxonasiga haddan tashqari sovqatish tashxisi bilan olib ketilgan.

Erkakni suvda bir soat qidirishgan. Uni qidirish uchun gʻavvoslar jalb qilingan. Biroq qutqarishga muvaffaq boʻlishmagan.

“Fontanka” nashri xabariga koʻra, halok boʻlgan va jabrlanuvchi tanish boʻlishgan. Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonlik shu tumanda hovli tozaligiga qarovchi boʻlib ishlagan.

Asosiy mavzular