Farg‘onadagi musobaqada sportchilar mushtlashuvi bir kishining jarohatlanishi bilan yakunlandi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatidagi sport musobaqasida 18 yoshli va 20 yoshli yigitlar o‘zaro janjallashishgan.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyati IIB viloyatda o‘tkazilgan musobaqada sportchilar o‘rtasidagi sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 14-fevral kuni Farg‘ona ixtisoslashtirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatida o‘tkazilayotgan sport musobaqasida 18 yoshli J.X., va 20 yoshli T.K. lar o‘zaro janjallashishgan. Buning oqibatida J.X. tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga murojaat qilgan.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Futbol muxlislari o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘yicha ish sudga oshirildi

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, fuqaro J.X. bosh qismidan yengil tan jarohat olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda janjal kelib chiqishining sabablari o‘rganilib, tafsilotlari xabar qilinishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0