Sirdaryoda o‘ta ayanchli fojia: 6 nafar fuqaro yong‘inda qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishPojar
Pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda bir oilaning olti nafar a’zosi qurbon bo‘ldi. Ular orasida 2 yoshli jajji ko‘dak ham bor.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda bir oilaning olti nafar a’zosi qurbon bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 17-fevral kuni soat 02:40da tumandagi Sardoba shaharchasi Robot ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jixozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqarolar halok bo‘lishgan.

Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi),O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, Ssb xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0