Chilonzorda liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda - foto

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRabota lifta v odnom iz moskovskix domov
Rabota lifta v odnom iz moskovskix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 15-fevral kuni soat 12:00 lar atrofida Chilonzor tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi xodimlariga 18 yoshli qizga noma’lum erkak tomonidan hujum qilinganligi yuzasidan shikoyat kelib tushgan.

© GUVDV Tashkente ishut mujchinu, napavshego na devushku v lifte - foto
Chilonzorda liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente ishut mujchinu, napavshego na devushku v lifte - foto

Ma’lum bo‘lishicha, o‘ziga noma’lum erkak tomonidan hujum qilinganda 18 yoshli qiz baqirgan, natijada erkak qo‘rqib voqea joyidan yashiringan.

Ammo kuzatuv kamerasida ushbu shaxsning qiyofasi muhrlanib qolgan bo‘lib, hozirda uning surati hozirda Chilonzor tumanidagi barcha ichki ishlar bo‘linmalariga yuborilgan.

Uning yoshi taxminan 25-35 lar atrofida, bo‘yi 170-180 santimetr, sochlari esa qora rangda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan gumonlanuvchi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganda ushbu  71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinishi so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0