Germaniyada chilimxonada bo‘lgan otishmada 8 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / KAI PFAFFENBACHStrelba v Xanau
Strelba v Xanau - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxslar Xanau shahridagi ikki chilimxonaga hujum qilib 8 kishini otib ketishdi, yana besh kishi jarohatlangan.

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Germaniyadagi chilimxonada  bo‘lgan otishmada 8 kishi qurbon bo‘ldi. Jinoyatchilar yashirinishga ulgurgan, jinoyat sababi hizircha ma’lum emas. 

"Xanau shahridagi 2ta chilimxonaga hujum uyushtirildi. Otishmada sakkiz kishi qurbon bo‘ldi, yana 5 kishi turli darajada yaralangan", - deyilgan Build nashri xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu chilimxonalar shaharning turli burchaklarida joylashgan bo‘lib, jinoyatchilar bir joydan ikkinchi joyga qora avtomobilda harakatlanishgan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinishga ulgurgan. Ularning motivlari noma’lum. 

Ma’lumot uchun, Xanau Frankfurt yaqinida joylashgan, aholisi 100 mingga yaqin bo‘lgan kichik shahar. 

Yangiliklar lentasi
0