12:03 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
333 0 0

Qoʻlga olingan shaxslardan 237 dona qoplarda maʼlum miqdorda oltin moddasi boʻlgan 4 tonna togʻ jinslari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik.  Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida oltin bilan shugʻullanib kelayotgan yashirin tsex faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro J.U. va boshqalar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga qarashli “Qoraqoʻton” togʻ tizmasi hududidan tarkibida qimmatbaho oltin moddasi boʻlgan tosh xom ashyosini oʻgʻirlik yoʻli bilan kavlab olishgani aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, ular qazilma boyliklarni oʻzlari tashkil etgan yashirin tsexda qayta ishlab, oltin moddasini ajratib olishgan va oʻz manfaatlari yoʻlida sotish bilan shugʻullanib kelishgan.

Ushbu holatlarga aniqlik kiritilgach, qoʻlga olingan shaxslardan 237 dona qoplarda tarkibida maʼlum miqdorda oltin moddasi boʻlgan 4 tonna togʻ jinslari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Hozirda holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq aynan shu tumanda qoʻlbola uslubda toshdan oltin moddasi ajratib olish tsexi faoliyati oshkor qilingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular