“Tropikamid” pullayotgan uch nafar tibbiyot instituti talabalari ushlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNarkoticheskie veshestva v tabletkax
Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Andijonda tibbiyot instituti talabalari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlarida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qo‘lga olindi

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Shu kabi o‘tkazilgan yana bir tadbir vaqtida fuqaro K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid” dorisini 105 mln. so‘mga sotayotganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.

Ularning yonidan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0