“Qo‘yliq” bozori hududidagi do‘konlar yonib ketdi

© MChS UzbekistanaNa rinke "Kuylyuk" proizoshel pojar v meste, gde gotovili kuritsu i pirojki
Na rinke Kuylyuk proizoshel pojar v meste, gde gotovili kuritsu i pirojki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan do‘konlardan biri hamda qovurilgan tovuq go‘shti tayyorlanadigan xona alanga olgan.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Poytaxtning Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq” bozori yaqinidagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, 3-mart kuni soat 06:54 da FVV Toshkent shahar bo‘yicha Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining tezkor xizmati raqamiga yong‘in haqida xabar kelib tushgan.

Tushenie pojara v torgovom sentre, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida savdo binolari yondi

Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan do‘konlardan biri hamda qovurilgan tovuq go‘shti tayyorlanadigan xona alanga olgan.

Ta’kidlanishicha, voqea joyiga bir necha daqiqalar ichida o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in soat 07:19 da to‘liq o‘chirilgan Yong‘in natijasida do‘konning tom qismida 40 kv.m. hudud yonib ketgan.

Jabrlanuvchi va qurbonlar bo‘lmadi. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0