Bir xil seriyali dollar: Toshkent aeroportida soxta pul aniqlandi - foto

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar qalbaki 60 ming dollarni fosh etishdi. Soxta kupuralar yuk ichidagi karton qog‘ozga yashiringan ekan.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Toshkent aeroportida bojxonachilar qalbaki 60 ming AQSh dollarini fosh etishdi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan va yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning bezovtalanishi bojxonachilar e’tiborini tortdi hamda ushbu shaxsning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. 

Shundan so‘ng, unga tegishli sumka nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganida, sumka ichidagi karton qog‘ozlarning ekrandagi tasviri shubhali tus oldi. Karton qog‘ozlar ochib ko‘rilganda, ularning ichiga 60 ming dollar yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitet Respubliki UzbekistanTamojenniki presekli vvoz falshivix dollarov SShA na territoriyu Uzbekistana
Bir xil seriyali dollar: Toshkent aeroportida soxta pul aniqlandi - foto - Sputnik O‘zbekiston
Tamojenniki presekli vvoz falshivix dollarov SShA na territoriyu Uzbekistana

Yo‘lovchi deklaratsiyada va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishda to‘xtatib qolingan.

“Bir qarashda haqiqiydek tuyulgan kupuralarning barchasi qalbaki bo‘lib, buni qalbaki kupuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori ham tasdiqladi. Eng qizig‘i shundaki, kupuralarning seriya raqamlari bir xil bo‘lib, ularning barchasi qalbaki ekanligi fosh bo‘ldi,” – deyilgan xabarda.

Soxta dollarlar ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0