Tashkilotchilardan 11 ta “Makarov” toʻpponchasi va 1300 dan ortiq patron musodara qilingan. Hibsga olinganlarni 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyadan Qozogʻistonga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar yetkazib berishda ishtirok etgan transmilliy jinoiy guruh aʼzolari respublikaning Akmola viloyatida qoʻlga olindi. Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) matbuot xizmati xabar qildi.
“Milliy xavfsizlik organlari tomonidan koʻp bosqichli tezkor jarayonda kontrabanda tashkilotchilaridan 11 ta “Makarov” toʻpponchasi va ularga 1300 dan ortiq patron musodara qilindi", - deyiladi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi bayonotida.
Prezident Buxoro viloyatidagi uchrashuvda amaldorlarga koʻproq ishlash kerakligini maslahat berdi. Aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni esa qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablarning birida oʻqituvchilar hokimlikdan Islom Karimov byusti tarqatilgani va bu uchun ulardan majburan pul yigʻilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.