Toshkentda 8-mart kuni ayol kishining ikki avtomobili yoqib yuborildi

© GUVDV Tashkente 8-marta jenshine sojgli yee Mercedes i BMW - foto
V Tashkente 8-marta jenshine sojgli yee Mercedes i BMW - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 8-mart kuni ayol kishining Mercedes va BMW avtomashinalari yoqib yuborildi. Yetkazilgan moddiy zarar 225 ming dollarga baholanmoqda.

TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Toshkentda noma’lum shaxslar ayolga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz GLS300 va BMW X5 avtomashinalarini qasddan yoqib yuborishdi, deya xabar beradi Shahar ichki ishlar boshqarmasi.

"8 mart kuni ertalab soat 5:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz GLS300 va BMW X5 rusumli avtomashinalarni qasddan yoqib yuborish holati qayd etildi", - deyiladi xabarda.

Yetkazilgan moddiy zarar 225 ming dollarga baholanmoqda.

Ayni paytda tergov olib borilmoqda, sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. O‘t qo‘ygan shaxsning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, jabrlanuvchi va guvohlar so‘roq qilinmoqda.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shahar IIB eslatishicha, bunday holatlarda qonun bazaviy hisoblash birligining yetmish beshdan yuz baravarigacha jarima, uch yuzdan olti yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishida jazo turlarini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0