Farg‘ona viloyatida 449 nafar haydovchi mast holda avtomobil boshqarganligi aniqlandi

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishGIBDD provodit "sploshnie" proverki voditeley na trezvost
GIBDD provodit sploshnie proverki voditeley na trezvost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning so‘nggi uch oyi davomida mast holda transport vositasini boshqarganligi uchun 449 nafar haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyati hududida 449 nafar haydovchilar mast holda transport vositasini boshqarganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida mast haydovchi piyodani urib yuborib, ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi

Joriy yilning yanvar oyida 203 nafar, fevral oyida 167 nafar va mart oyida 79 nafar, jami 449 nafar haydovchilar tomonidan mast holda transport vositasini boshqarish holatlari aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, barcha haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va ularning transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasida transport vositalarini mast holda boshqarish transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilinib, BHMning 25 baravari miqdorida (5,57 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘linishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0