12:30 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
64710

Qashqadaryo viloyatida 25 yoshli namanganlik fuqaro karantin markazi devoridan oshib oʻtib, qochishga uringan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Qashqardaryo viloyatida karantindan qochmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga koʻra, 20 mart kuni Moskva-Toshkent poyezdi orqali Oʻzbekistonga kirib kelgan 25 yoshli namanganlik Abbosov M.R. oʻrnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.

Ushbu fuqaro 21 mart kuni karantin markazi devoridan oshib oʻtib, qochishga uringan. Biroq karantin hududi boʻylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qoʻriqlash xizmati xodimi tomonidan qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatida karantinda boʻlib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlangani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular