05:29 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Hodisalar
Havola olish
656 0 0

Xoʻranda Jizzaxda karantin sabab ishlamayotgan oshxonalarning birida janjal koʻtardi va ikki kishini pichoqlab qoʻydi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Jizzaxda karantin sabab yopilgan oshxonaga kelgan xoʻrandalar janjal chiqargan, ulardan biri ikki kishini pichoqlab qoʻygan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Fuqaro M.N. va N.J. Sharof Rashidov tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelgan va taom buyurtirgan. Oshpaz mijozlarga karantin sababli oshxona ishlamayotganligini tushuntirishga uringan, buni tushunishni istamagan xoʻrandalar esa nizo chiqargan.

Shovqinni eshitib, oshxona roʻparasida istiqomat qiluvi 2000 yilda tugʻilgan fuqaro F.U hamda uning hali maktab oʻquvchisi boʻlgan ukasi chiqib kelgan.

Dahanaki janjal oqibatida fuqaro M.N. oʻzi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichogʻi bilan O.U. va uning akasiga tan jarohatini yetkazgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular