03:27 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
304 0 0

Telegram’dagi kanallardan birining foydalanuvchisi “ikki kishida aniqlandi” deya guruhga koronavirus haqida odamlarni chalgʻituvchi, jamiyatda vahima uygʻotuvchi yolgʻon maʼlumot tarqatgan.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Surxondaryoda koronavirus haqida yolgʻon maʼlumot tarqatgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Telegram’dagi "@GroupSurxondaryo" kanalining foydalanuvchisi 20 mart kuni “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” deya odamlarni chalgʻituvchi, jamiyatda vahima uygʻotuvchi yolgʻon maʼlumot tarqatgan.

Tezkor surishtiruv ishlar natijasida guruhga yolgʻon maʼlumot tarqatgan profil egasi va foydalanuvchisi viloyatning Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shoxobchalarining birida sotuvchi boʻlib ishlab kelayotgan fuqaro A.B. ekanligi aniqlangan.

U 23 mart kuni Maʼmuriy ishlar boʻyicha Termiz shahar sudining qaroriga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 205-moddasida koʻrsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Huquqbuzarga nisbatan BHMning 5 baravari, yaʼni 1 million 115 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ushbu huquqbuzarlik 44,6 mln soʻmdan 89,3 mln  soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66,9 mln soʻmdan 89,2 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Asosiy mavzular