05:31 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Hodisalar
Havola olish
85910

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga boʻysinmay, “tungi kapalak” qizlarni olib, qochib ketdi” sarlavhali video yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Unda “Neksiya” haydovchisi ichki ishlar xodimlariga boʻysunmay yengiltak qizlarni olib qochgani iddao qilingan edi.

Idoraning aniqlik kiritishicha, video 22 mart kunidan 23 mart kuniga oʻtar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz koʻchasida tasvirga olingan.

Patrul-post xizmati xodimlari faoliyat yuritayotgan vaqtda oq rangli “Neksiya” egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlarning toʻxtash ishorasi qaramasdan, oʻz harakatini davom ettirgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston MJtKning 194-moddasi  (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda uning avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Asosiy mavzular