19:07 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
933 0 0

Ayni damda samolyot va vertolyotlar hamda voqea joyiga yaqin joyda boʻlgan harbiy  va fuqaro kemalari uchuvchini qutqarish operatsiyasini olib borishmoqda.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyaning Su-27 samolyoti, 25 mart kuni kechqurun Qora dengizga qulab tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga asosan.  

Reja boʻyicha odatiy parvozini amalga oshirayotgan Su-27 harbiy havo kemasi Feodosiya shahridan 50km masofada avariya signalini berishni boshlagan va shundan soʻng aloqa yoʻqolgan.

Ayni damda uchuvchini qutqarish boʻyicha operatsiya olib borilmoqda. Unda An-26 samolyoti, Mi-8 vertolyoti hamda voqea joyiga yaqin joyda boʻlgan harbiy  va fuqaro kemalari ishtirok etishmoqda, deyilgan xabarda.

Su-27 — koʻp maqsadli, har xil havo sharoitida uchishga moslashgan yuqori manyovrli qiruvchi samolyotdir. U uzoq va yaqin masofalarda jang olib borishi mumkin.

Asosiy mavzular