Qo‘qonda COVID-19 haqida yolg‘on xabar tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Kirill KallinikovMessendjer Telegram na ekrane telefona
Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati telegramda 2 nafar shaxsda koronavirus kasalligi aniqlanganligi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qo‘qon shahrida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 28-mart kuni 41 yoshli X.N. Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati “Telegram”dagi guruhlar a’zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda koronavirus kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan. Deputat ushbu xatti-harakati bilan Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda aholi orasida vahima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs bir oyga qamaldi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi Kengashdan rozilik olingan holda X.N.ga nisbatan  JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, karantin davrida inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish BHMning 200 baravarigacha (44, 600 mln so‘m) jarima jazosiga tortishga, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari va 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3-yilgacha ozodlikni cheklash va 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0