14:57 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
259001

Janjal davomida, er oʻz ayolini uyning xoʻjalik xonasidagi stulga majburan oʻtkazib, qoʻl va oyoqlarini mazkur stulga arqon ip bilan bogʻlab, qoʻlidagi arqon boʻlagi bilan boʻyin sohasidan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan.

TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 46 yashar erkakka nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. U oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, 1 aprel kuni Shahrisabz shahrida yashovchi 46 yashar erkak rashk negizida 39 yoshli turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro janjallashib qoladi.

Janjal davomida, er oʻz ayolini uyning xoʻjalik xonasidagi stulga majburan oʻtkazib, qoʻl va oyoqlarini mazkur stulga arqon ip bilan bogʻlab, qoʻlidagi arqon boʻlagi bilan boʻyin sohasidan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan U.Q.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (u gumonlanuvchi tarikasida ushlangan).

Asosiy mavzular